15 questions
Qaysi javobda belgini to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) ifodalaydigan sifatlar berilgan?
g’ishtin, qishki, aqlli
nomdor, devoriy, hovliqma
go'zal, katta, bejirim
nomusli, ayyor, talabchan
Qaysi gapda orttirma daraja shaklidagi sifat qo’llanmagan?
Ish juda nozik, g’oyatda qo’rqinchli edi.
Hovli ham, uy ham bo’m-bo’sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi.
O’ng tomonda, jar boshida pastakkina bir uychadan shovqin eshitildi.
Qor tip-tiniq shudring tomchisiga aylandi.
Qaysi javobda sodda sifatlar qo’llanmagan?
qo’rqoq, sersuv, bo’ydor
atrofdagi, ko’kimtir, mayin
tiniq, sovuq, ko’rkam
ochko’z, sherdil, og’iroyoq
Qismlari o’zaro zid ma’noli bo’lgan tub + yasama shaklidagi juft sifat berilgan javobni tanlang.
xom-pishiq
achchiq-chuchuk
boy-badavlat
issiq-sovuq
Qaysi gapda otlashgan sifat qo’llanmagan?
To’g’ri o’zadi, egri to’zadi.
Og’irning ustidan, yengilning ostidan yurishga o’rganma.
Katta tog’ning toshi ham katta bo’ladi.
Devonaga aytishgan ekan: “Qoch, mast kelyapti!”
Tub sifatni toping.
sezgir
topqir
uchqur
targ'il
Qizil rang — harakatchan, irodali, o’ziga ishonuvchan; oilada qattiqqo’l, talabchan. Ushbu gapda nechta sodda yasama sifat qo’llangan ?
6 ta
5 ta
4 ta
3 ta
Qaysi javobda xususiyat sifatlari berilgan?
xushfe’l, takabbur
botiq, yassi
egri, to’garak
chuqur, uzun
Kuzgi zira bilan archaning yoqimli hidiga to’yingan xushbo’y, lazzatli kabob qornim to’q degan kishining ham ishtahasidan karnay yasar edi. Mazkur gapda qo’llangan yasama sifatlar miqdorini toping.
6 ta
5 ta
3 ta
2 ta
Qaysi javobda tarkibida ikkita sifat yasovchi qo’shimcha qo’llangan yasama sifatlar berilgan?
notinch, noqonuniy
gayrioddiy, g’ayritabiiy
serhosil, sermanzara
yaltiroq, qaltiroq
Qaysi javobda sifat otlashgan?
Ilg’or fermerlarga mukofot topshirildi.
Keksa kishilar katta hayotiy tajribaga ega bo’ladilar.
Safimizda a’lochilar soni tobora ortib bormoqda.
Aqlni beaql odamdan o’rgan.
Qaysi qatorda yasama sifat yo'q?
iliq, toyg'oq, kuyunchak
chiniqqan, o'qigan, toliqqan
topqir, beg'ubor, noloyiq
rahmdil, erksevar, kamgap
Otlashgan sifatni toping.
Ichki go`zallik bilan yo'g'rilmagan har qanday go'zallik mukammal bo`la olmaydi.
Izchil mehnat hamma to`siqlarni yengadi.
Nodon va kaltafahmdan yaxshi gap chiqmaydi.
Baxtsizlikda burchga sodiqlik buyuk xislatdir.
Qaysi gapda orttirma darajadagi sifat qo'langan?
Uning nazarida bundan ham suyumliroq, bundan ham zavqliroq va shavqliroq ish yo'q edi.
Hovli ham, uy ham bo'm-bo'sh, hamma yoq suv quygandek jimjit edi.
Nomus jondan ham qimmatliroq.
Mevasi yetilib pishganda sershira bo'ladi.
Qaysi gapda ozaytirma daraja shaklidagi sifat mavjud?
Shamning qizg’ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi.
Gulzorga to’kilgan bulturgi xazon ilma-teshik bo’lib, jigarrang tus olgan.
Maxsum kichkinagina, ozg’in, siyrak soqol-u qop-qora yuzidan yoshini chamalab bo’lmaydigan bir odam edi.
Shunda ulg’aydi bo’yi, Ko’ring bo’ldi yigitcha. Vazmin, tiyrak, chaqnoq ko’z, Sariq soch-u oppoq yuz.