No student devices needed. Know more
20 questions
Yasama soʻz berilgan javobni aniqlang.
A) quvlamoq
B) tepkilamoq
C) oʻzgarmoq
D) buklamoq
Qaysi qatorda tub soʻz berilgan?
A) chirik
B) teshik
C) beshik
D) oʻynamoq
Qaysi javoblarda imloviy jihatdan toʻgʻri yozilgan soʻzlar berilgan?
A) galma gal
B) hayhaylamoq
C) qah-qaha
D) xayol
Qaysi gapdagi barcha yasama so‘zlarning asosi ot turkumiga mansub?
A)Oybek domla nihoyatda tiyraklik va samimiyat bilan opaning gaplarini tasdiqladi.
B) Barglari tukli, tuxumsimon, bandlari kalta, shoxlarda tartibli joylashgan.
C) Bolalarning beg‘ubor qalbi to‘lib-toshib oqayotgan daryoday jo‘shqin.
D)Mevasi tukli, ko‘rinishi yumaloq yoki biroz cho‘ziq bo‘lishi mumkin.
Qaysi javobda asliy sifat ishtirok etmagan?
A) Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin!
B) Afting qiyshiq bo‘lsa, oynadan o‘pkalama!
C) Achchiq savol berib, shirin javob kutma.
D) Xonaga beqasam to‘n kiygan do‘ppili kishi kirib keldi.
la…za so‘zining tushirilgan undoshini aniqlang.
A) q
B) x
C) g‘
D) h
Bilmasdim so‘zida qanday fonetik hodisa yuz bergan?
A) tovush tushishi
B) tovush almashishi
C) fonetik hodisa yuz bermagan
D) tovush ortishi
Millatning dahosi, aqli va ruhiyati maqollaridan bilinadi. Ushbu gapdagi nechta so‘z tarkibida jarangsiz til oldi undoshi qatnashgan?
A) 5 ta
B) 2 ta
C) 3 ta
D) 4 ta
Biz mustaqil O‘zbekistonning farzandlarimiz. Bu yurtda yashashni biz o‘zimizga sharaf deb bilamiz. Ushbu parchadagi ismlarga mansub so‘zlar tarkibidagi munosabat shakllari sonini aniqlang.
A) 8 ta
B) 9 ta
C) 7 ta
D) 6 ta
Berilgan gapdagi yasama so‘zlar sonini toping.
Ezgu niyatimizning ro‘yobga chiqishi taraqqiy etgan ma’rifatli dunyo bilan yashashimiz, hamkorlikni kuchaytirishimiz, hamdo‘stlik rishtalarini mustahkamlashimizni hayotning o‘zi taqozo etmoqda.
A) 6 ta
B) 9 ta
C) 8 ta
D) 7 ta
Yetakchi morfemasi ham, ko‘makchi morfemasi ham omonim xarakterda bo‘lgan, asosida faqat jarangsiz undosh qatnashgan sifatni toping.
A) ochiq
B) yasama
C) tuzsiz
D) yozgi
Qaysi javobda tarkibida faqat unli va jarangli undosh tovushlar ishtirok etgan sifat yasovchi qo‘shimchalar keltirilgan?
A) -ma, -siz, -kor, -chan
B) -ildoq, -bad, -bob, -don
C) -zor, -g‘ich, -lab, -dor
D) -don, be-, -bad, -mand
Qaysi javobda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undosh tovushlar ham jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra, ham til qismlarining harakatiga ko‘ra o‘zaro bir turga mansub emas?
A) qayla-qayra
B) narvon-karvon
C) quduq-quruq
D) dutor-duchor
Qaysi javobda egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda tovush o‘zgarishi bilan yoziladigan tub so‘zlar qatori berilgan?
A) bilak, qovoq, chelak
B) axloq, tirnoq, pishloq
C) yurak, buyruq, kerak
D) sovuq, sana, o‘yin
Qaysi gapda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilmagan?
A) Bolalar atrofni to‘yib-to‘yib tomosha qilishdi.
B) Shunda uchchala ayolning o‘g‘illari kelib qolishibdi.
C) Vatan muqaddas tushincha sanaladi.
D) Darxaqiqat, endi uning qo‘lidan osonlikcha qutulib bo‘lmaydi.
Qaysi javobda berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga bo‘g‘iz undoshi yoziladi?
A) ...iyla, ...ulosa
B) sa...iy, i...tiro
C) ...ushyor, ...ozirjavob
D) ...ayot, ...aridor
Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?
A) Olma archayotganda qo‘lini kesib oldi.
B) Negadir ishtaham qochib ketdi.
C) Dasturxonga qarang, ona qizim, noz-ne’matlardan yeb o‘tiring.
D) Bu maxfiy sirni ishonchli og‘iz orqali yetkazing.
Qozon turgan kulsiz o‘choqqa ko‘zi tushdi. Ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan asosdosh bo‘la oladigan so‘z qatnashgan gapni aniqlang.
A) Stol ustidagi kuldon bir chetga olib qo‘yildi.
B) Kulgi - misoli oftob: u inson yuzidan qish qahrini olib tashlaydi.
C) Xatni o‘qib, Abdurahmonovning kulcha yuziga qon yugurdi.
D) Uning raso bo‘y-basti, quralay ko‘zlari, o‘ng betidagi kulgichi ko‘z o‘ngidan o‘tdi.
Qaysi javobda ma’noli qismlari asos + so‘z yasovchi + lug‘aviy shakl yasovchi + sintaktik shakl yasovchi tartibida joylashgan sifat turkumiga oid so‘z qatnashgan?
A) Shuni bilingki, ilmlilarni butun dunyo olqishlaydi.
B) Stol ustidagi guldonlarga pushti atirgullar solingan edi.
C) Balki, oila baxtsizligidan shunday holat yuz bergandir.
D) Boshqaruvchi, xonalarning kattarog‘ini ularning jamoasiga bering.
U jasur va kuchli lashkarboshi, dono va adolatli hokim, fozil va bilimli inson, ajoyib shoir, ilmning turli sohalarini biladigan olim edi. Ushbu gapda yasama sifat necha o‘rinda qo‘llangan?
A) 6 o‘rinda
B) 5 o‘rinda
C) 4 o‘rinda
D) 3 o‘rinda
Explore all questions with a free account